30 noy 09:14
Yangiliklar
Dzyudo

Xorazmda O'zbekiston chempionatiga saralash musobaqasi boshlandi
Dekabr oyining oxirgi o'n kunligida Toshkentda o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionatini o'tkazish rejalashtirilmoqda.
Mamlakat birinchiligida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida 2005-2006 yillarda tavallud topgan o'smirlar va qizlar ishtirok etadi. Ayni paytda viloyatlarda O'zbekiston chempionatiga saralash bosqich musobaqalari o'tkazilmoqda.
Jumladan, bugun Xorazm viloyati dzyudochilari uchun saralash musoboqasi boshlandi. Unda 180 nafar o'g'il bolalar, 50 ga yaqin qizlar o'z vazn toifalarida O'zbekiston chempionatida qatnashish huquqini beruvchi o'rinlar uchun tatamiga chiqishmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar