So’nggi yangiliklar

19:23Белбоғли курашни янада ривожлантириш йўлида меморандум имзоланди 0 19:02"Барселона" ва "Ливерпуль" бир ўйинчи учун курашади 0 18:41UFC 310 турнирининг тўлиқ карди маълум қилинди 0 18:20Макс Ферстаппен — Формула-1 2024 йилги мавсум чемпиони! 0 17:59Аёллар курашида барча вазнларда ғолиблар маълум бўлди + ФОТО 0 17:38Холанд 850 минг сўм сабаб қамоққа тушиши мумкин 0 17:17Ўзбекистон чемпионатида медаллар жамғариш бўйича қайси вилоят биринчи бўлди? 0 16:56Расман! UFC 311 турнири учун қизиқарли жанг эълон қилинди 0 16:35Мераб Двалишвили Петр Ян билан қачон жанг қилмоқчи эканини айтди 0 16:14Аморим: "Мен ўзини босслардек кўрсатишни хоҳлайдиганлардан эмасман" 0 15:53Чавандозларимизнинг навбатдаги ғалабаси 0 15:32Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг барча ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:11"Ундан қўрқдим!". Тайсон Фьюри нима учун стердаун вақтида Усикка қарамагани ҳақида гапирди 0 14:50"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди 0 14:29Prezident Kubogi. Нодирбек ҳиндистонлик рақибга қарши, Синдаров эса дербидаги ўйинини бошлади 0

16 may 16:46
Yangiliklar

Sport kurashlari

Xorijdagi murabbiylarimiz. Ubaydullaning AQSHdagi orzulari

Hozirgi kunda Amerika Qo'shma shtatlarida murabbiylik faoliyatini olib borayotgan yosh va tajribali Ubaydulla Toirov AQSHning Kaliforniya shtatida bo'lib o'tgan Amerika ochiq chempionatida shogirdlari bilan ishtirok etdi.

Terma jamoamizning nomdor vakili Nodirjon Safarov (57 kg) beshta raqibini mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritdi va Amerika chempioni bo'ldi.

Ubaydullani aksariyat erkin kurash muxlislari yaxshi taniydi. 1978 yil 19 noyabrda Toshkent viloyatida tavallud topgan qahramonimiz 1997 yil respublika Olimpiya zaxiralari bilim yurtida (hozirgi respublika Olimpiya zaxiralari kolleji) erkin kurash bo'limi murabbiyi lavozimidan faoliyatini boshlagan. 

O'z ustida jiddiy ishlab, sport sir-asrorlarini qunt bilan o'rgangan Ubaydulla ilk xalqaro musobaqa — 2002 yil Qozog'istonda bo'lib o'tgan Sergey Sergeev sovrini uchun turnirda shogirdlari bilan ishtirok etdi. Azat Eshotaev va Hayot Sayfullev ustozi ishonchini oqlab, oltin medal sohibi bo'ldi. 

Uning muvaffaqiyatli odimlari 2004 yildan boshlandi. Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi katta murabbiyi Aleksandr Nedorezovga yordamchi murabbiy bo'lib ish boshladi. Terma jamoa sportchilarini xalqaro musobaqalarga yuqori saviyada tayyorlanishiga ko'maklashdi. 

2005-2008 yillar oralig'ida Boku (Ozarbayjon) shahrida bo'lib o'tgan Mushfiq Isaev xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnirda uning shogirdlari 5 ta oltin va 10 ga yaqin kumush hamda bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Ular orasida endigina o'sib kelayotgan yosh umidli sportchi Ixtiyor Navro'zov ham bo'lib, u oltin medalga sazovor bo'ldi.

2008 yil CHirchiq Olimpiya zaxiralari kollejida ilk bor erkin kurash bo'limi ochildi va bo'limga U.Toirov katta murabbiy etib tayinlandi. Oradan bir yil o'tib, o'smirlar terma jamoasi bilan Puna (Hindiston) shahrida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida ishtirok etdi. SHogirdlaridan Zokir Mansurov, Bobur Rahimov oltin, Jamshid Ahatov kumush medalni qo'lga kiritdi. 2010 yil o'tkazilgan Osiyo chempionatida CHirchiq Olimpiya zaxiralari kolleji o'quvchisi Sanjar Jo'raev shohsupaning yuqori pog'onasidan joy egalladi.

Ubaydulla 2012 yildan erkin kurash bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasida yordamchi murabbiy bo'lib ishlay boshladi. 2013 yil Dehli (Hindiston), 2014 yil Ostona (Qozog'iston), 2015 yil Doxa (Qatar) shaharlarida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatlariga terma jamoani yuqori saviyada tayyorlashga ko'maklashdi va ularda sportchilarimiz g'olib va sovrindorlar qatoridan joy egallashdi. 

2015 yil AQSHning Las Vegas shahrida o'tgan Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi jahon chempionati istedodli murabbiy faoliyatidagi navbatdagi muvaffaqiyatli qadam bo'ldi. Ubaydulla dunyo birinchiligida terma jamoa yordamchi murabbiyi sifatida ishtirok etdi. Uning ishongan shogirdi Ixtiyor Navro'zov chempionatning kumush medalini qo'lga kiritish barobarida Olimpiya o'yinlari licenziyasiga ham egalik qildi.

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo'lib o'tgan XXXI Olimpiya o'yinlarida terma jamoa azolari — Ixtiyor Navro'zov (65 kg) va Magomed Ibragimov (97 kg) bronza medali sohibi bo'lishdi. Bu yutuqlar zamirida, albatta, yordamchi murabbiy U.Toirovning ham samarali mehnati yotibdi.

O'sha yili Ubaydullo yoshlar terma jamoasi bilan Osiyo chempionatida ishtirok etdi. SHogirdlari 2 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medali hamda jamoaviy hisobda 16 davlat terma jamoasi ichida 3-o'rinni egallashiga sabab bo'ldi.

Qahramonimiz bugun Amerikada o'zbek murabbiylarining nimalarga qodir ekanligini amalda namoyon etmoqda. Erkin kurash vatanida o'z o'rnini topishi oson kechmaydi, albatta. Ammo u ana shu murakkab yo'lni tanladi va g'oliblik pillapoyalari sari yuqorilamoqchi. Yillar davomida olgan bilim va ko'nikmalari uni yangi natijalar qayd etishiga turtki beradi.


Fazliddin SATTOROV

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing