25 apr 15:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Xorxe Masvidal bugungi nokautli mag'lubiyatidan keyin bayonot berdi
UFC jangchisi Xorxe Masvidal chempion Kamaru Usmandan qabul qilib olgan bugungi nokautli mag'lubiyatidan so'ng qisqacha intervyu berdi.
"Faoliyatim davomida hech qachon bunday holatga tushmagandim. Kamaru juda kuchli raqib. Unga qarshi 25 daqiqa kurashmoqchi edim, mem shunga tayyorlangandim. Kamaru ajoyib harakat qildi. Bu tarzda mag'lub bo'lishimni kutmagandim. Kamaru va uning jamoasini hurmat qilaman. Ahvolim yaxshi, tez orada uyga - oilam davrasiga qaytaman", - dedi Masvidal.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar