04 mar 09:03
Yangiliklar

Xorxe Masvidal: "Kovington Jon Jonsning kiyim va pullarini o'g'irlagan"
"Jon Jons meni ko'p marta ogohlantirgan. Biz Jon Jons bilan unchalik tanish emasdik va hatto gaplashmasdik ham. Lekin u o'sha paytda menejerim orqali: "Do'stim, bu yigitga yaxshilab qarang. U meni kollejda xonadan chiqarib yuborib, o'ziga mos kelmaydigan kiyimlarim va pulimni o'g'irlagan. SHundan so'ng men u bilan munosabatlarni uzganman", - degan edi.
Keyin esa Kolbi Jon Jonsni haqoratlay boshladi: "Jon Jons shunday qildi, Jon Jons buni qildi...". Men Jon Jonsning muxlisi edim, biz uning janglarini ko'rdik va u: "Do'stim, bu yigit bir bo'lak", - dedi. Aytishganidek, tarix har doim uchga bo'linadi: sizniki, meniki va haqiqat", - deya takidlagan Masvidal ESPNga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, yarimo'rta vazn toifasidagi Kolbi Kovington - Xorxe Masvidal jangi 5 mart sanasida (Toshkentda 6 mart tongi) Las-Vegas shahridagi UFC 272 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar