19 may 19:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Xotambek Boynazarov Edil Esengulovning jiddiy chaqiruviga javob qaytardi (VIDEO)
O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Xotambek Boynazarov ASA Ligasida faoliyat olib borayotgan qirg'izistonlik Edil Esengulovga murojaat qildi.
Avvalroq, Edil hamyurtimiz bilan ehtimoliy jang haqida gapirar ekan, uni tarixda birorta o'zbek sportchisi mag'lub eta olmaganini takidlagandi.
"Internetda har xil gap so'zlar tarqalyapti. Lekin ukam biroz betob bo'lgani uchun ko'nglimga sig'madi. Edil, men ko'p gapirmayman. Xohishing bo'lsa, vazningni to'g'rila, 77 kg bo'l. Mangu 3 turnirida o'zing ko'rib olasan. Kelaverasan, shu erda bo'laman", deb aytgan Boynazarov.
Malumot uchun, Xotambek Boynazarovning 6 iyun kuni Samarqandda o'tkaziladigan Mangu 3 turnirida ishtirok etishi aytilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar