08 fev 00:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Xotambek Boynazarov ishtirokidagi Mangu MMA 1 turnirining markaziy jangi muddatidan oldin yakunlandi
Aralash yakka kurash bo'yicha Mangu MMA 1 turniri nihoyasiga etdi.
Musobaqaning markaziy jangi yarim o'rta vazn toifasida BAAning UAE Warriors Ligasida chempion bo'lib turgan o'zbekistonlik Xotambek Boynazarov va rossiyalik sportchi Magomedxabib Ramazanov o'rtasida kechdi.
5 raundlik bahs ikkinchi besh daqiqalikda muddatidan avval yakuniga etdi. Boynazarov raqibini og'ritish usuli orqali taslim etdi.
Bu orqali Xotambek faoliyatidagi 13-jangida 13-g'alabasini nishonladi. Ramazanov esa 6-jangida ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar