27 apr 11:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Xotambek Boynazarov Mangu turnirida UFC jangchisi bilan to'qnash kelishi mumkin
Bu haqda Liga rahbari Jasur Alijonov xabar berdi.
Alijonovning so'zlariga ko'ra, yarim o'rta vazn toifasida BAAning UAE Warriors Ligasi amaldagi chempioni Xotambek Boynazarovning qirg'izistonlik UFC jangchisi Miktibek Oralbay bilan jangi rejalashtirilgan.
Oralbayning o'zi bu ehtimoliy bahs haqida gapirar ekan, UFC bu jangga ruxsat bersa, Boynazarov bilan greppling bo'yicha bellashishga qarshi emasligini aytib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, Xotambek Boynazarov fevral oyida tashkil etilgan Mangu 1 turnirining markaziy jangida rossiyalik Magomedxabib Ramazanov bilan jang qilib, muddatidan oldin g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar