04 may 11:16
Yangiliklar
Velosport
Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan musobaqa boshlandi
Bundan bir necha daqiqa avval O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi tomonidan erkaklar o'rtasida “Velosiped sporti faxriylari” musobaqasi boshlandi.
Mazkur turnir 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o'tkazilmoqda. Asosiy maqsad keksa avlod vakillarini ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish, sport faxriylari misolida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, velosiped sporti turini ommalashtirish, kundalik hayotda velosipeddan foydalanish orqali jismoniy chiniqish va ekologiyani asrashdan iboratdir.
“Paxtakor” markaziy stadionidan start olgan poygada Toshkent shahri va viloyatida istiqomat qiluvchi 50-65 yoshdagi erkaklar va 65 yoshdan katta barcha sport faxriylari ishtirok etishyapti.
Havola :
Fikrlar