25 sen 17:41
Yangiliklar
Dzyudo
"Xumson"dagi ikki haftalik yig'in yakunlandi
Bugun Ilias Iliadis bosh murabbiyligidagi O'zbekiston kattalar terma jamoasining ikki hafta davom etgan o'quv-mashg'ulot yig'ini yakunlandi.
Asosiy tarkib dzyudochilarimiz Toshkent viloyatining tog'li, bahavo hududida joylashgan "Xumson" sihatgohida uzoq davom etgan karantindan keyingi ilk yig'inni o'tkazishdi. Mashg'ulotlarda asosiy tarkib dzyudochilari bilan birga yoshlar terma jamoasining birinchi raqamli vakillari ham ishtirok etdi.
Xabar berganimizdek, terma jamoa azolari va murabbiylar chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tishdi. Reja bo'yicha xalqaro restart oktyabr oyining so'nggi 10 kunligida Vengriya "Katta Dubulg'a" turniri bilan boshlanadi. Vaqt kam qolayotgani bois terma jamoamiz bir kunlik tanaffusdan so'ng Toshkentda mashg'ulotlarni davom ettiradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar