15 avg 14:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Xurshid Tojiboev bir necha kundan so'ng navbatdagi jangini o'tkazadi + FOTO
Ikki marta Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan Xurshid Tojiboev navbatdagi jangini qachon va kimga qarshi o'tkazishi aniq bo'ldi.
Bokschimiz Olamsport.com sayti muxbiri bilan suhbatda navbatdagi jangi 20 avgust kuni Dubay shahrida o'tkazilishini malum qildi.
Unga o'sha kuni gruziyalik Achiko Odikadze raqiblik qiladi.
Malumot uchun, Tojiboev shu kungacha prof ringda 4 ta jang o'tkazishga ulgurgan va ularning barchasida g'alaba qozongan. Janglarining ikkitasida u raqiblarini muddatidan oldin mag'lub etgan. Odikadze esa prof ringda 40 marotaba jang olib borgan. U janglarining 22 tasida g'alaba qozongan (8 ta nokaut). 17 marta esa mag'lub bo'lgan (11 ta nokaut). 1 marotaba durang qayd etgan.
Bokschimiz 17 avgust kuni Dubayga jo'nab ketadi.
Olamsport.com sayti oldindagi jangda Xurshid Tojiboevga omad tilaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar