21 avg 07:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Xurshid Tojiboev ishtirokidagi jang muddatidan oldin yakunlandi + VIDEO
Professional bokschimiz Xurshid Tojiboev Dubay shahrida o'tkazilgan professional boks oqshomida ringga ko'tarildi.
Ushbu jangda hamyurtimizga gruziyalik Achiko Odikadze raqiblik qildi.
8 raundga mo'ljallangan jang beshinchi raunddan so'ng yakuniga etdi. Jang davomida hamyurtimiz ustunlikka ega bo'ldi va beshinchi raundda Tojiboev raqibini texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi.
Bu orqali, Xurshid Tojiboev prof ringdagi 5 jangida 5-g'alabasini qo'lga kiritdi. U uch marotaba raqiblarini muddatidan oldin mag'lub etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar