So’nggi yangiliklar

10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0 18:21Англия Лига кубоги 1/4 финал қуръаси натижалари маълум бўлди 0

01 iyu 07:14
Yangiliklar

Karate

Xushxabar! Karatechimiz o'smirlar Olimpiadasiga licenziya qo'lga kiritdi

Teglar :  Karate
29-30 iyun kunlari Xorvatiyaning Umag shahrida karate bo'yicha Buenos-Ayresdagi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga licenziya beruvchi musobaqa bo'lib o'tdi.

Unda 84 mamlakatdan 325 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Terma jamoamiz sharafini Dildor Aliqulova (-53kg), Bonu Egamberdieva (-59kg), SHohrux Tursunmahammatov (-61kg),  Saidislom Jo'raev (-68kg), SHahzodjon Boymuxammedov (+68 kg) kabi sportchilar himoya qilishdi.

-53 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etgan yurtdoshimiz Dildor Aliqulova musobaqa davomida Belgiya (6:1), CHexiya (0:0, hakamlar qaroriga ko'ra), Ozarbayjon (4:0) kabi mamlakat vakilalarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi. Final yo'llanmasi uchun kechgan qiyin bahsda u Buyuk Britaniya vakilasini mag'lub etdi (4:3) va final chiptasini qo'lga kiritish bilan birga, Argentinada bo'lib o'tadigan o'smirlar Olimpiya o'yinlari licenziyasi sohibasiga ham aylandi. Finalda eronlik raqibga qarshi kechgan jangda u 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

SHu tariqa sportchimiz licenzion musobaqaning kumush medali sohibasiga aylandi. Ushbu musobaqada birinchi va ikkinchi o'rin sohiblari Buenos-Ayres yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.


SHu tariqa, Argentina Olimpiadasiga yo'llanmalarimiz soni 24taga etdi. Bugungi kunga kelib III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari uchun terma jamoamiz hisobida quyidagi sport turlarida licenziyalar mavjud:

Sport kurashlari – 5ta
Og'ir atletika – 3 ta
Baydarka va kanoeda eshkak eshish – 3 ta
Akademik eshkak eshish – 3 ta
Sport gimnastikasi – 2 ta
Sport akrobatikasi – 2 ta
Trampolin - 1
Badiiy gimnastika – 1 ta
Ot sporti (konkur) – 1 ta
Taekvondo – 1 ta
Boks – 1 ta
Karate – 1 ta.

Eslatib o'tamiz, III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari 6-18 oktyabr kunlari Argentinaning Buenos-Ayres shahrida bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing