20 noy 21:09
Yangiliklar
Xushxabar: O'zbekistonlik karatechi tarixda ilk bor WKF bo'yicha jahon chempioni bo'ldi
Musobaqada dunyoning besh qitasidagi 104ta davlatdan jami 983 nafar sportchi g'oliblik uchun tatamiga chiqishdi. Ushbu jahon chempionatiga O'tkam Bekpo'latov boshchiligida 15 nafar karatechimiz jo'nab ketishgan edi.
Biroz avval erkaklar o'rtasida -75 kg vazn toifasida final jangi o'tkazildi. Unda karate WKF bo'yicha milliy terma jamoamiz azosi, sport yakkakurashlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi sportchisi Dostonbek Otabolaev AQSH vakili Tomas Skott ustidan ishonchli g'alabaga erishdi va O'zbekistonga tarixiy OLTIN MEDALni taqdim etdi.
Ayni daqiqalarda jahon chempionatining hal qiluvchi janglari davom etmoqda va hozirda vakillarimiz yana 4ta bronza medalini qo'lga kiritish imkoniyatiga egalar.
Eslatib o'tamiz, karate WKF bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari 23 noyabr kuni tunda yurtimizga qaytib kelishadi.
Fikrlar