10 fev 16:01
Yangiliklar
Xushxabar! Ramziddin Saidov rasman Tokio Olimpiadasida hakamlik qiladi
Bu haqida Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) Hakamlar qo'mitasi malum qildi. Tashkilot bu borada O'zbekiston dzyudo federaciyasiga rasmiy maktub yo'lladi va tegishli sertifikatni taqdim etdi. Ramziddin Saidov qisqa fursatda Jahon va Osiyo chempionati, "Masters", "Katta Dubulg'a", Gran-Pri hamda IJF bayrog'i ostida o'tkaziladigan boshqa barcha musobaqalarda hakamlik qilib, xalqaro ekspertlar tomonidan ijobiy baho oldi.
MA'LUMOT UCHUN:
Ramziddin Saidov - 1982 yil 14 aprelda Buxoroda dunyoga kelgan. Dzyudo sir-asrorlarini O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi, Olot dzyudo maktabi asoschisi Rustam To'raevdan o'rgangan. Saidov sportchilik faoliyati davomida Afina-2004 va London-2012 Olimpiadalari ishtirokchisi, Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlari sovrindori bo'lgan. 2013 yilda -100 kg vazn toifasi reytingida 1-o'ringa ko'tarilgan. 2010 yilda Abu-Dabi Gran-Pri, Toshkentda o'tgan Jahon kubogi, 2012 yilda Moskva "Katta Dubulg'a" turnirlarida shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan.
Fikrlar