So’nggi yangiliklar

08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0

10 jan 09:39
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

XVII yozgi Paralimpiya o'yinlari uchun medallar jamlanmasi dasturi elon qilindi

Xalqaro Paralimpiya qo'mitasi 2024-yil Parij shahrida bo'ladigan XVII yozgi Paralimpiya o'yinlari uchun medallar jamlanmasi dasturini elon qildi.

Unga ko'ra, Franciya poytaxtidagi o'yinlarda ayollar o'rtasida 235 ta medallar jamlanmasi o'ynaladi.

Bu Tokio-2020dan 8 taga ko'p. Bundan tashqari, o'yinlarda kamida 1859 nafar ayol sportchi ishtirok etadi, bu esa Tokio-2020dan 77 taga ko'p deganidir.

Parij-2024 da og'ir turdagi nogironligi bo'lgan sportchilar uchun ko'proq musobaqalar o'tkaziladi.

Parijdagi Paralimpiya o'yinlarida jami 4400 nafardan ortiq bo'lmagan sportchi ishtirok etadi va sportning 22 turi bo'yicha 549 medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi.

Xalqaro Paralimpiya qo'mitasi azolarining og'ir turdagi nogironligi bo'lgan sportchilar uchun raqobat imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha say-harakatlarini qo'llab-quvvatlagan holda, bochcha bo'yicha medallar soni 7 tadan 11 tagacha oshiriladi.

Dzyudo va eshkak eshish bo'yicha og'ir nogironligi bo'lgan sportchilarga beriladigan medallar soni ham ortadi.

Xalqaro Paralimpiya qo'mitasi barcha beshta jamoaviy sport turlari bo'yicha musobaqa formatini standartlashtirdi. Endi barcha jamoaviy musobaqalarda 8 ta jamoa ishtirok etadi.

Tokiodagi muvaffaqiyatli debyutdan so'ng badminton bo'yicha 16 ta medal jamg'armasi bo'ladi, bu Tokio-2020dagidan 2 taga ko'p.

Para taekvondo bo'yicha medallar soni 6 tadan 10 taga ko'payadi, shuningdek, ishtirokchilar soni 66 foizga ortadi.

Bochchada erkaklar va ayollar uchun 4 turdagi, shuningdek, 3 ta aralash dastur bo'ladi. Ilgari faqat aralash yoki ochiq musobaqalar o'tkazilardi.

Rio-de-Janeyrodagi o'yinlarda ilk bor ishtirok etgan para kanoe va para triatlon sport turlari bo'yicha medallar soni mos ravishda 10 va 11 taga oshiriladi.

Para engil atletika va para suzishda medallar soni mos ravishda 3 va 5 taga kamayadi. SHuningdek ushbu sport turlari bo'yicha ishtirokchilar soni ham qisqaradi.

Medallar jamlanmasi Xalqaro Paralimpiya qo'mitasining Ijroiya kengashi tomonidan Parijdagi Paralimpiya o'yinlari uchun sportchilar kvotalari maqullanganidan keyin rasman tasdiqlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing