09 okt 09:17
Yangiliklar

Yakshanba tongida Rioda o'tkaziladigan UFC turnirining to'liq kardi tasdiqlandi
UFC Fight Night 261 oqshomining asosiy jangi engil vaznda sobiq UFC chempioni braziliyalik CHarlz Oliveyra polshalik Mateush Gamrotga qarshi oktagonga chiqadi. Ayni paytda CHarlz divizion reytingida 4, Mateush esa 8-o'rinni egallab turibdi.
Rio UFC turniri kardidan jami 11 ta jang o'rin olgan bo'lib, har bir juftlikda kamida bir nafardan braziliyalik aralash yakkakurash ustasi bor. Kechaning co-main event jangi o'ta engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni braziliyalik Deyveson Figeredo AQSH vakili Montel Jeksonga qarshi oktagonga chiqadi.
UFC Fight Night 261 turnirining to'liq kardi:
Asosiy jang, engil vazn: CHarlz Oliveyra (Braziliya) – Mateush Gamrot (Polsha)
O'ta engil vazn: Deyveson Figeredo (Braziliya) – Montel Jekson (AQSH)
Yarim o'rta vazn: Visente Lyuke (Braziliya) – Joel Alvares (Ispaniya)
Og'ir vazn: Jonatan Diniz (Braziliya) – Mario Pinto (Portugaliya)
Yarim engil vazn: Rikardo Ramos (Braziliya) – Kaan Ofli (Avstraliya)
Yarim engil vazn: Lukas Almeyda (Braziliya) – Maykl Asvell (AQSH)
Eng engil vazn: Jafel Filo (Braziliya) – Kleyton Karpenter (AQSH)
Og'ir vazn: Vitor Petrino (Braziliya) – Tomas Petersen (AQSH)
Ayollar o'ta engil vazn: Bia Meskita (Braziliya) – Irina Alekseeva (Rossiya)
Eng engil vazn: Lukas Rocha (Braziliya) – Styuart Nikoll (Avstraliya)
Og'ir vazn: Valter Uoker (Braziliya) – Muxammed Usman (Nigeriya)
Ayollar minimal vazn: Juliya Polastri (Braziliya) – Karolina Kovalkevich (Polsha)
O'ta engil vazn: Luan Laserda (Braziliya) – Saymon Oliveyra (Braziliya)
Fikrlar