01 sen 15:52
Yangiliklar
Futbol
Yamal kuchli beshlik ligalarining rekordini yangiladi
"Barselona" vingeri Lamin Yamal kuchli beshlik ligalarida 50 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Bu voqea Ispaniya La Ligasining 3-turidan o'rin olgan o'yinda sodir bo'ldi. Yamal uchrashuvning 21-daqiqasida o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
Futbolchi 50 ta urilgan gol marrasini 19 yosh 1 oy 18 kunligida zabt etib, "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand va "Real" forvardi Kilian Mbappening natijalarini yangiladi.

Havola :
Fikrlar