20 iyu 11:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Yan Blaxovich Aleks Pereyrani qanday mag'lub etishini aytdi
Yarimog'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Yan Blaxovich braziliyalik Aleks Pereyra bilan bo'ladigan jangi haqida gapirdi.
"Men qalqonim va qilichimni olib kelaman. Uning o'qini qalqonim bilan qaytaraman, qilichim bilan kesaman. Keyin esa uning boshini chopib tashlayman. Birinchi raundda uni stoykada chopaman. Ikkinchi raundda esa uni nokaut qilaman yoki parterda bo'ysundiraman. Jangni tasavvurimda shunday ko'rayapman.
O'ylashimcha, unda paterdagi ko'nikmalarini sezilarli darajada oshirish uchun juda oz vaqt bor. Lekin baribir hamma narsaga tayyor bo'lishim kerak. Menimcha, u darhol o'rnidan turishga harakat qiladi, chunki uning ustunligi zarbalarida", - dedi Blaxovich.
Eslatib o'tamiz, Yan Blaxovich va Aleks Pereyra o'rtasidagi jang 29 iyul kuni Solt-Leyk-Siti shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar