18 fev 15:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Yan Blaxovich: "Men Adesanyani mag'lub qilgan birinchi jangchi bo'laman"
UFC chempioni Yan Blaxovich o'zining Israel Adesanyaga qarshi jangi oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men har doim anderdog (jangdan oldin imkoniyati past sanalgan) bo'lganman va g'alaba qozonganman. Adesanyaga qarshi g'alaba qozonishishimga ishonyapman. Balki, shundan so'ng insonlar menga ishonishni va hurmat qilishni boshlashar.
Israel Adesanya haqiqatdan ham kuchli jangchi, u chempion. Uni hali biror kim mag'lub qila olmagan. Uning rekordi 20-0. Ammo, endi 20-1 bo'ladi. Men Adesanyani mag'lub qilgan birinchi jangchi bo'laman", - dedi Blaxovich.
Eslatib o'tamiz, Blaxovich – Adesanya jangi 6 mart kuni, UFC 259 doirasida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar