10 jan 11:35
Yangiliklar

Yan va Sterling "Tvitter"da dahanaki jang uyushtirishdi
"Mashg'ulot o'tkazishing uchun hech qaerdan joy topilmayotgani haqida eshitgandim. Hozir hammasi joyidami? Men garajda Kori Sandxagen bilan birga mashg'ulot o'tkazdim. O'ylaymanki, sen o'zingni Floridada yaxshi xis qilyapsan, mister Mehribon", — deya "Tvitter"da xabar qoldirgan Aljameyn Sterling.
"Men haqimda qayg'urmay qo'ya qol. Sen ko'proq o'zingni o'yla. Men chempionlik jangiga sen aytgan garajda tayyorgarlik ko'rganman. SHunday ekan, bu erda hech qanday olamshumul narsa ko'rmayapman", — deya Sterlingga javob qaytargan Pyotr Yan.
"Eng muhimi — yana jangni bekor qilma! O'tgan safar bahona qilganding", — deya qo'shimcha qildi Sterling.
Eslatib o'tamiz, rossiyalik 27 yoshli Pyotr Yan hamda amerikalik davogar Aljameyn Sterling o'rtasidagi jang 2021 yilning 6 mart kuni UFC 259 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar