18 okt 18:18
Yangiliklar

Yan Xabib Nurmagomedov Getjiga qarshi qanday harakat qilishi kerakligini aytdi
"Xabib Getjining loukiklaridan saqlanish uchun o'rta masofada jang olib borishi kerak. Bilamizki, Getji o'ng oyog'i orqali kuchli loukiklarni amalga oshiradi. O'ng qo'lida bergan zarbalari ham juda xavfli.
Xabib o'zining aldamchi harakatlarini amalga oshirishi kerak. Agarda jang uzoq masofada kechsa, unda Getji o'zining kuchli taraflarini ko'rsatishi mumkin.
Getji ikkinchi raqam bo'lib jang qiladi. SHu sababli Xabib ko'p bosim qiladi. Agarda Getji Xabibga to'qnash kelgan paytda unga yaqinlashadigan bo'lsa bu Xabibga qulay bo'ladi. Jang kartinasi tez-tez o'zgarib turadi. Bu jang o'z ishining ustalari o'rtasidagi o'yin bo'ladi. Uchinchi-to'rtinchi raundlarda jang kartinasi o'zgaradi. Xabib nazoratni o'z qo'liga olib jangni parterga ko'chiradi, u erda esa Getjini mag'lub qiladi",-dedi Pyotr Yan.
Fikrlar