08 dek 19:34
Yangiliklar

Yana 10 nafar bokschimiz Osiyo chempionatining oltin medali uchun jang qiladi
Musobaqada erkaklar o'rtasidagi bahslarning yarim finallari o'z yakuniga etdi.
Yarim finallar yakuniga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi bokschilari final uchun 10 ta yo'llanmaga erishishdi. Bir bokschimiz esa yarim finalda imkoniyatni boy berib, bronza medali bilan kifoyalandi.
Bokschilarimizning yarim finalda qayd etgan natijalari:
-48 kg: SHodiyorjon Meliqo'ziev - Jay Bryan Barikuatro (Filippin) 5:0
-51 kg: Asilbek Jalilov - Pasindu Godakandalage (SHri-Lanka) 5:0
-54 kg: SHahzod Muzaffarov - Elmir Nabiev (Ukraina) 5:0
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Ian Klark Bautista (Filippin) 5:0
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov - Mark Ashley Fajardo (Filippin) 3:2
-67 kg: Mujibillo Tursunov - Bunjong Sinsiri (Tailand) 5:0
-71 kg: Havasbek Asadullaev - Byamba-Erdene Otgonbaatar (Mo'g'iliston) 4:1
-75 kg: Javohir Ummataliev - CHeng-En Liu (Xitoy Taypeyi) 3-raundda texnik nokaut evaziga g'alaba
-80 kg: To'rabek Xabibullaev - Erassil Jakpekov (Qozog'iston) 4:3
-86 kg: Jasurbek Yo'ldoshev - Ahmadjon Saidov (Tojikiston) 5:0
+92 kg: Jahongir Zokirov - Oybek Oralbay (Qozog'iston) 0:5
Fikrlar