06 fev 16:40
Yangiliklar

Yana bir bokschimiz prof faoliyatini boshlash arafasida, unga SHohjahon yordam beradi
Havaskor boksda aytishga arzigulik yutuqlarni qo'lga kiritgan Boburbek Yo'ldoshev tez orada prof ringda debyut qiladi. Bu haqda unga menejerlik qilishi kutilayotgan bokschimiz SHohjahon Ergashev xabar berdi. Jang katta ehtimol bilan fevral oyining oxirlarida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo'lib o'tadi. SHohjahon bo'lajak jangda Yo'ldoshevga sekundantlik qiladi.
Malumot uchun, 30 yanvar kuni 29 yoshni qarshilaydigan Boburbek Yo'ldoshev yoshlar va kattalar o'rtasida O'zbekiston chempioni hisoblanadi. U shuningdek, yurtimizda ananaviy tarzda o'tkazib kelinadigan Sidney Jakson, Zolataryov kabi xalqaro turnirlarda ham shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan. 2012 yilda Ozarbayjonning Boku shahrida o'tgan Prezidenti turnirda kumush medalga sazovor bo'lgan.
Fikrlar