29 iyu 21:08
Yangiliklar
Yana bir erkin kurashchimiz Jahon chempionatining finaliga chiqdi!
Quvonarlisi, hozirgina yana bir erkin kurashchimiz jahon chempionatining final bellashuvida gilamga chiqish huquqini qo'lga kiritdi. -55 kg vaznda gilamga chiqayotgan o'smirlar Olimpiadasi g'olibi Umidjon Jalolov yarim final bahsida turkiyalik Muhammad Karavusni 8:0 hisobida dog'da qoldirdi.
Istedodli kurashchimizning oltin medal uchun bahsdagi raqibi eronlik Mahdi Mehrdod Veysi bo'ladi. Umid va Mahdi shu kungacha o'zaro uch marotaba to'qnash kelishgan bo'lib, barcha bellashuvlarda hamyurtimizning qo'li baland kelgan. Veysi yarim finalda AQSH vakili Robert Kelli Xovarddan ustun keldi.
Malumot uchun, Asror Xo'jamurodov qo'l ostida jahon chempionatiga hozirlik ko'rgan Umidjon Jalolov yarim finalga qadar kanadalik Fotis Devid Papadopoulosni 10:0, qirg'izistonlik Mirbek Sarabekovni 10:0, hindistonlik Aman Amanni 3:0 hisobida mag'lub etgan edi.
Final hamda bronza medali uchun kechadigan bellashuvlar ertaga o'tkaziladi.
Fikrlar