09 iyu 18:10
Yangiliklar
Tokio-2020
Yana bir rossiyalik sportchi doping sabab Olimpiadaga bormaydi
Suzish bo'yicha Rossiya terma jamoasi azosi Vitalina Simonova doping sabab 4 yilga diskvalifikaciya qilindi.
Bu malumot Xalqaro suzish federaciyasi (FINA) tomonidan rasman tasdiqlandi. Simonovadan musobaqadan tashqari holatda, yani Greciyadagi mashg'ulot lagerida olingan doping-tahlil ijobiy natija berdi.
Rossiyalik sportchining diskvalifikaciyasi 2015 yilning 29 iyunidan kuchga kirgani aytilmoqda. 23 yoshli sportchi 21 kun ichida Lozanna joylashgan xalqaro Sport arbitraj sudiga diskvalifikaciya yuzasidan apelyaciya berishi mumkin.
Malumot uchun, Simonova 2014 yili o'tkazilgan Evropa chempionatining bronza medal sohibasi xisoblanadi. Vitalina Rossiya terma jamoasi tarkibida Rio-2016 Olimpiadasida ishtirok etishi kerak edi.
Havola :
Manba : Reuters
Fikrlar