02 sen 15:59
Yangiliklar
Paralimpiya

Yana bir sportchimiz Paralimpiya o'yinlari medaliga sazovor bo'ldi!
Endi uning hisobida Paralimpiya o'yinlarining 3 ta medali bor!
Hozirgina para engil atletika bo'yicha ayollar o'rtasida F54 klassida yadro uloqtirish bo'yicha final bahslari yakunlandi. Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu dasturda qatnashgan vakilaimiz Nurxon Qurbonova 7.75 metr natija qayd etib, bronza medaliga sazovor bo'ldi. Sportchimiz ushbu natija orqali mavsumdagi eng yaxshi ko'rsatgichini qayd etdi.
Malumot uchun, Nurxon Qurbonova bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarida kumush va bronza medalini qo'lga kiritgandi. Demak, uning Paralimpiya o'yinlaridagi medallari soni 3 taga etdi.
Havola :
O’xshash yangiliklar
11:56
Tbilisi Grand Slam boshlandi. Bugun ilk kungi bellashuvlarda 7 dzyudochimizga muxlislik qilamiz 0
Fikrlar