21 sen 10:40
Yangiliklar
Sport kurashlari
Yana bir sportchimiz Tokio Olimpiadasi licenziyasiga ega chiqdi
Qozog'iston poytaxtida sport kurashlari bo'yicha jahon chempionatining navbatdagi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi.
Biroz avval -125 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Hasanboy Rahimov Tokio-2020ga licenziya qo'lga kiritdi.
Moldovalik Aleksandr Romanovni 6:0 hisobida mag'lub etgan Rahimov kechki dasturda bronza medali uchun kurashish imkoniyati va eng asosiysi Tokio Olimpiadasining yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz bronza medali uchun xitoylik Jivei Denga qarshi gilamga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, bu terma jamoamizning Tokio Olimpiadasiga qo'lga kiritgan sakkizinchi yo'llanmasidir. Kechki dastarda -86 va -97 kilogramm vazn toifalarida Javrail SHapiev hamda Magomed Ibragimov ham Olimpiadaga yo'llanmasi uchun kurash olib boradilar.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar