24 avg 15:45
Yangiliklar

Yana bir superjang rasmiylashtirilish arafasida
Engil vazn toifasi vakillari - Rafael Fiziev va Jastin Getji dekabr oyida o'zaro oktagongda to'qnash kelishadi. Ushbu jang yilning so'nggi raqamlangan turniri doirasida tashkil etiladi. UFC 282 turniri 10 dekabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
O'tgan oyda Rafael Fiziev prodlil UFC`dagi ketma-ket qozonilgan g'alabalari sonini 6 taga etkazib olgandi. O'shanda u beshinchi raundda braziliyalik Rafael Dos Anosni nokautga uchratgan edi. Jastin Getji esa may oyida CHarlz Oliveyraga birinchi raundning o'zida imkoniyatni boy bergandi.
Ayni paytda Jastin Getji va Rafael Fiziev mos ravishda UFC engil vazn toifasi reytingida uchinchi hamda ettinchi o'rinni egallab turishibdi.
Fikrlar