12 apr 09:58
Yangiliklar

"Yana ikki marta shunday jang bo'lsa, sening jangchiliging qolmaydi". Taktarov CHimaevning g'alabasi haqida
"Xamzat CHimaevning buyuk g'alabasi. Jang uch emas besh raund davom etgan bo'lsa, taktik jihatdan hammasini boshqacha qurish mumkin edi, jarohat ham kamroq bo'lardi. Menimcha, aynan besh raundlik janglarda Xamzat o'z fazilatlarini ko'rsatadi. Bu holatda taktik jihatdan yanada malakali jang qilish mumkin, Byornsga qarshi uch raundni esa kesish kerak edi. Bunday qiyin tiklanishdan so'ng boshiga juda ko'p zarbalar o'tkazib yuborgan edi. Yana ikki marta shunaqa jang va sening jangchiliging qolmaydi. Lekin faoliyat davomida bir marta shunday bo'lishi mumkin.
Etibor berdingizmi, uchinchi raundda Xamzat umuman charchaganini ko'rsatmadi. O'zini hech narsa bo'lmagandek tutdi — bu juda muhim: buni ko'rgan raqib sinadi", - dedi Taktarov.
Fikrlar