22 avg 15:28
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/233054_220.jpg)
"Yangi davr boshlanmoqda". SHavkat Rahmonov Usman - Edvards jangiga munosabat bildirdi
Qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi SHavkat Rahmonov (16-0) UFC 278 turniri doirasidagi Kamaru Usman hamda britaniyalik Leon Edvards o'rtasidagi jang haqida gapirdi.
Xabaringiz bor, endilikda sobiq yarim o'rta vazn UFC chempioni Kamaru Usman Leon Edvardsga qarshi kechgan jangda alamli tarzda mag'lubiyatga uchragan edi.
"Ikkalasi uchun ham yaxshi chempionlik jangi bo'ldi. Leonni chempion bo'lgani bilan tabriklayman. Kelasi yil men ushbu kamar uchun jang qilaman. Yangi davr boshlanmoqda!", — deb yozdi Rahmonov ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida.
Eslatib o'tamiz, 2015 yilning dekabr oyida bo'lib o'tgan birinchi jangda Usman hakamlar qarori bilan Edvards ustidan g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar