So’nggi yangiliklar

08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

14 avg 08:15
Yangiliklar

Taekvondo

Yangiobod bazasidagi yig'in yakuniga etdi

Teglar :  Taekvondo
Taekvondo bo'yicha mamlakatimiz terma jamoasi azolari Toshkent viloyatida joylashgan Yangiobod bazasida o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etishayotgani haqida xabar bergan edik.

Murabbiylar Aleksandr Kim va Maksim Rafalovich boshchiligidagi 8 nafar taekvondochimiz 29 iyuldan 13 avgustga qadar Yangiobod bazasida mashg'ulot o'tkazishdi. 

Takidlash lozimki, ushbu bazada o'zbek boks yulduzlari Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov va Mahmud G'oipov taekvondochilar bilan yonma-yon mashg'ulot o'tkazishdi. Bokschilar murabbiylar Marat Qurbonov, To'lqin Qilichev, Rahmatjon Ro'ziohunov qo'l ostida ishlashdi. 

Ushbu yig'inda ishtirok etgan taekvondochilar ro'yxati: Nikita Rafalovich, Ulug'bek Rashitov, Jasur Jaysunov, SHuxrat Salaev, 

Niyoz Po'latov, SHohruh Rajabov, CHaros Qayumova, Madinabonu Mannopova, Nigora Tursunqulova, SHahboz Tusmatov, Firuza Sodiqova, Svetlana Osipova.  

Murabbiylar: Aleksandr Kim, Maksim Rafalovich.

"Bu o'quv-mashg'ulot yig'inida asosan jismoniy tayyorgarlikka etibor qaratildi. Toza havoda mashg'ulot olib bordik. Bir kun o'zimiz shug'ullansak, ertasiga bokschilar bilan birga mashg'ulot o'tkazdik. To'g'risi mashg'ulotlar juda ham qiziqarli o'tdi. Ko'proq chidamlilikni oshirishga yo'naltirilgan mashqlarni bajardik. Qisqa qilib aytganda bu yig'in barchamizga foydali bo'ldi", - deydi 2018 yilgi Osiyo o'yinlari kumush medali sohibasi Madinabonu Mannopova.

"Yig'in yaxshi o'tdi. Bu yig'in davomida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni yaxshilashga etibor qaratdik. SHogirdlarim o'zlarining jismoniy hamda tezkorlik hususiyatlarini yaxshilash ustida ishlashdi. O'zbekistonlik mashhur bokschilar bilan mashg'ulotlar olib bordik. Ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan bokschilar bilan birga shug'ullanish yigitlarga maqul keldi. Bizning terma jamoa murabbiylari boks murabbiylaridan anchagina foydali maslahatalar olishdi. Ulardan ko'p narsalarni o'rgandik. Bundan tashqari yig'in davomida zamonaviy texnika yordamida sportchilarning sog'ligini baholash ustida ham ishladik", - deydi murabbiy Maksim Rafalovich.

O'zbekiston taekvondo WTF Associaciyasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing