01 mar 17:17
Yangiliklar
Tokio-2020
Yaponiya mart oyidan chet ellik sportchilarga mamlakatga kirishga ruxsat berishi mumkin
Yaponiya hukumati Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan sportchilarga hozir amal qilib turgan favqulodda vaziyat tartibi bekor qilinganidan keyin ularga mamlakatga kirishga ruxsat berish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Yaponiyada hozir immigraciya cheklovlari o'rnatilgan. Olimpiada saralash musobaqalarining bir qismi aprel oyida boshlanishi kerak.
SHu munosabat bilan chet ellik sportchilar Yaponiyaga kirish uchun mart oyining oxirida ruxsat olishlari mumkin. Bunda ular mamlakatga kirish uchun hozir amal qilayotgan “Maxsus vaziyatlar”ning kengaytirilgan tartibidan foydalana oladilar.
CHet el sportchilariga mamlakat chegarasidan o'tganlaridan keyin ikki haftalik karantin joriy etilmaydi. Ammo ularga sport obektlari va turar joylarni tark etish hamda jamoat transportidan foydalanish man etiladi.
Havola :
Fikrlar