So’nggi yangiliklar

09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0

04 okt 09:27
Yangiliklar

Dzyudo

Yaponiya MOQ prezidenti bilan hamkorlik rejalari muhokama qilindi

Teglar :  YaponiyaMOQ
6-13 oktyabr kunlari Toshkentda o'tadigan dzyudo bo'yicha jahon chempionatining faxriy mehmonlaridan biri, Yaponiya Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda Butunyapon dzyudo federaciyasi prezidenti janob Yasuxira Yamashita O'zbekiston MOQga tashrif buyurdi.

Mehmonni O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Qo'mita raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov qarshi olishdi.

Janob Yamashita dastavval O'zbekiston MOQ faoliyati bilan yaqindan tanishdi. SHundan so'ng tomonlar o'zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish mavzusida uchrashuv o'tkazishdi. Unda o'zbek va yapon sportidagi do'stona aloqalarini yanada mustahkamlash, yirik musobaqalar, xususan, Osiyo va Olimpiya o'yinlari, jahon chempionatlariga tayyorgarlik doirasida har ikki mamlakat terma jamoalari ishtirokida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil qilish, sport tibbiyoti yo'nalishida so'nggi yutuqlarni ulashish kabi mavzularda fikr almashildi.

Martabali mehmon mamlakatimizda ilk bor o'tkaziladigan dzyudo bo'yicha jahon chempionatiga olib borilayotgan tayyorgarlikni yuqori baholadi. SHuningdek, u uchrashuvda muhokama qilingan mavzular bo'yicha hamkorlikdan mamnun ekanini bildirdi. O'z navbatida, o'zbek dzyudochilari haqida iliq fikrlarini bildirib, sportchilarimizga bo'lajak musobaqada omad tiladi. Tashrif davomida janob Yamashita MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining faoliyati bilan ham tanishdi.

Kunning ikkinchi yarmida martabali mehmon Sportni rivojlantirish vazirligida ham bo'ldi. U erda janob Yamashitani Vazir Adham Ikramov qabul qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing