So’nggi yangiliklar

17:20Новак Жокович – "Ролан Гаррос" ярим финалидан сўнг: "Балки бу ердаги охирги ўйиним бўлгандир" 0 16:57Дональд Трамп UFC 316 турнирига бормоқчи 0 16:20Жаҳон чемпионати қуръаси қачон бўлади? 0 15:12"Ислам хеч қачон ярим ўрта вазнда жанг қилмаган". Маддалена Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 14:00"Ролан Гаррос". Новак Жокович ўз юришини тўхтатди 0 13:10Жонс Аспиналл билан эмас, Нганнуга қарши жанг қилмоқчи 0 12:32Ўзбекистоннинг 17 клуби ОФК лицензиясини қўлга киритди, аммо... 0 12:05Эртага ўтказиладиган UFC 316 турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 11:29Украин бокси афсонаси Василий Ломаченко фаолиятини якунлади 0 11:03"Ролан Гаррос". Карлос Алькараз илк финалчи! 0 10:37Тадбиркор Ўткир Юсуповга уч хонали уй совға қилди 0 10:11Давлат Бобоновни табриклаймиз! 0 09:46Иман Хелиф Эйндховендаги турнирда қатнашадими? 0 09:19Tashkent W15. Етакчиларимиз эплай олмаган ишни Шубина амалга оширди, у 1/2 финалда! 0 08:58ЖЧ-2026 саралаши. Норвегия Италияни сочиб ташлади 0

12 okt 09:40
Yangiliklar

Sport kurashlari

Yaponiya terma jamoasi yarim yillik tanaffusdan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi

Erkin kurash bo'yicha Yaponiya kattalar terma jamoasi karantin sabab davom etgan olti oylik tanaffusdan so'ng mashg'ulotlarni boshladi.

O'quv-mashg'ulot yig'ini poytaxt Tokio shahridagi "Adjinomoto" Milliy mashg'ulot bazasida o'tkazilayotgan bo'lib, unda 17 nafar erkin kurashchilar ishtirok etayapti. So'nggi bor terma jamoa mart oyida yig'in o'tkazgandi. Aslida jamoa iyul oyida ham mashg'ulot o'tkazishi kerak edi. Lekin o'shanda yunon-rim va ayollar kurashidan keyin navbati kelgan erkin kurashchilarning yig'ini epidemologik vaziyat sabab bekor qilingandi.    

Ushbu yig'in dekabr oyida Belgradda o'tkazilishi kutilayotgan jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. O'tgan yilning dekabr oyida o'tgan Yaponiya chempionati – Imperator Kubogida g'olib bo'lgan kurashchilar jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishgan: Rio Olimpiadasining kumush medal sovrindori Rei Xiguchi (57 kg), 2018 yilgi jahon chempioni Takuto Otoguro (65 kg) va uning akasi Keysuke Otoguro (74 kg), jahon vice-chempioni Sosuke Takatani (86 kg), Noaya Akaguma (97 kg) va Tecuya Tanaka (125 kg). Yaponiyalik erkin kurashchilar 65 va 74 kg vazn toifalarida Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritib ulgurishgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing