03 dek 19:52
Yangiliklar
Dzyudo
Yaponiyada taxsil olgan o'zbekistonlik murabbiyga xalqaro sertifikat topshirildi + FOTO
Dzyudo vatani - Yaponiyada murabbiylar uchun xalqaro seminar o'tkazildi.
Bir oy davom etgan ushbu seminarda Xitoy, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Myanma, Isroil, Suriya va O'zbekistondan taklif etilgan murabbiylar ishtirok etishdi hamda o'z tajribalarini oshirishdi.
Xabar berganimizdek, yurtimizdan mazkur seminarga istedodli murabbiy Muhammad Behzod Baxtiyorov taklif etilgandi. Seminarga Olimpiada chempioni, Yaponiya terma jamoasi murabbiyi Kosey Inoue boshchilik qildi.
Bir oylik seminar yakunida murabbiylarga Yaponiyada malakasini oshirganligi haqidagi tegishli diplom, sertifikat va guvohnoma topshirildi. Endi murabbiylar o'z yurtlarida Kunchiqar mamlakatda o'rgangan bilimlarini seminar tariqasida yosh hamkasblari hamda hakamlarga o'tishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar