11 iyu 19:32
Yangiliklar
Dzyudo
Yaponiyaga atalgan Budapesht turnirida O'zbekiston nechanchi o'rinni egalladi?
Uch kun davomida Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonligida o'tgan "Katta Dubulg'a" turniri tarix sahifalaridan joy oldi.
Ushbu musobaqa Yaponiya terma jamoasiga ataldi desak xato bo'lmaydi. Dzyudo vatani vakillari 8 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. Kunchiqar yurt vakillari va ikkinchi o'rindagi Italiya o'rtasidagi tafovut 7 ta oltin medalni tashkil qilgan. Kuchli uchlikka braziliyalik dzyudochilar 1 tadan oltin, kumush va bronza medallari bilan yakun yasashdi.
Etti sportchi bilan ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi esa 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan 37 davlat dzyudochilari orasida 12-pog'onadan joy oldi. Rahimjon Subhonov kumush, SHohruh Baxtiyorov bronza medalini terma jamoamizga taqdim etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar