02 avg 06:56
Yangiliklar
Dzyudo
Yaponiyani mag'lub etgan Teddi Riner sardorligidagi Franciya chempion + FOTO
Tokio-2020 Olimpiadasi dzyudo musobaqasining so'nggi kunida jamoaviy mikst bahslari o'tkazildi.
Xabar berganimizdek, o'z tarixida ilk bor jamoaviy musobaqada ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi ilk davrada alamli tarzda niderlandiyalik dzyudochilarga 3-4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida esa Franciya terma jamoasi musobaqa favoritlari - yaponiyaliklarni 4-1 hisobida engib, chempionlik shohsupasiga ko'tarilishdi. Germaniya va Isroil terma jamoalari Olimpiadaning bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Yakuniy o'rinlar:
1 - Franciya
2 - Yaponiya
3 - Germaniya
3 - Isroil
5 - Rossiya
5 - Niderlandiya
7 - Braziliya
7 - Mo'g'uliston
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar