03 sen 10:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Yaqin qolmoqda! Xabibning Getjiga qarshi jangga qachon uchib ketishi malum
Butun dunyo yakkakurash ixlosmandlari orziqib kutayotgan MMA olamidagi yil jangiga tobora oz fursat qolmoqda.
Xabaringiz bor, 24 oktyabr kuni UFC 254 turniri bo'lib o'tadi va uning markaziy jangida engil vazn chempioni Xabib Nurmagomedov vaqtinchalik chempion Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko'tariladi.
"Nasib qilsa, 10 sentyabr kuni jamoamiz bilan birga Dubay shahriga uchib ketamiz. Xabibning murabbiyi Xaver Mendes Amirliklarga o'zi keladi", — dedi Nurmagomedovning menejeri Rizvan Magomedov.
Eslatib o'tamiz, Nurmagomedov — Getji jangi juda katta ehtimol bilan Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da bo'lib o'tadi. Xabib barcha 28 ta jangida g'alaba qozongan. Getji esa 24 ta jangdan 22 tasida zafar quchgan. Hisobida 2 ta mag'lubiyat ham bor.
Havola :
Fikrlar