12 iyu 13:18
Yangiliklar
Yarim finalga eng ko'p qaysi davlat terma jamoasi bokschilari etib keldi?
Har ikki yosh toifasidagi qita birinchiligida bugun 1/2 final janglari o'tkazilyapti. CHorak final bosqichi yakunlariga ko'ra, 16 davlat vakillari kamida bronza medalini qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Biz uchun ahamiyatlisi, O'zbekiston terma jamoasi har ikki yosh toifasida ham yarim finalga eng ko'p bokschi bilan etib kelibdi. Bu borada yosh bokschilarimiz Qozog'iston terma jamoasini kichik farq bilan ortda qoldirishdi.
Osiyo chempionati 1/2 finaliga etib kelgan terma jamoalar:
U23 toifasi
O'zbekiston — 18
Qozog'iston — 16
Hindiston — 15
Qirg'iz Respublikasi — 7
Yaponiya — 6
Koreya Respublikasi — 5
Indoneziya — 3
Xitoy Taypeyi — 2
Butan — 1
Qatar — 1
Filippin — 1
Tailand — 1
Vetnam — 1
Mo'g'uliston — 1
U19 toifasi
O'zbekiston — 15
Qozog'iston — 14
Hindiston — 14
Tojikiston — 6
Yaponiya — 6
Qirg'iz Respublikasi — 6
Koreya Respublikasi — 5
Xitoy Taypeyi — 5
Vetnam — 4
Indoneziya — 4
Tailand — 2
Mo'g'uliston — 1
Qatar — 1
Filippin — 1

Fikrlar