So’nggi yangiliklar

16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0

22 apr 15:58
Yangiliklar

Dzyudo

Yarim finalga etib kelgan Hurramov va Oltiboev bronza uchun kurashadi

Bugun BAAning Fujayra shahrida davom etayotgan dzyudo bo'yicha yilning nufuzli musobaqasi – Osiyo/Okeaniya chempionati yakunlanadi.

Qita chempionatining so'nggi kuni erkaklar -90, -100, +100 kg, ayollar esa -78 hamda +78 kg vazn toifalarida musobaqa medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasiga muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishyapti. 

Xabar berganimizdek, bugungi bahslarda o'zbekistonlik dzyudochilardan 5 nafari ham o'z mahoratini namoyish qilmoqda. 

-100 kg vazn toifasidagi polvonimiz Muhammadkarim Xurramov Xitoy Taypeyi vakili Ji Guan Lu, avstraliyalik Kayxan Takagi-O'zchichekni mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi. Ammo, final ostonasida koreyalik Jong Xun Vonga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Birozdan so'ng u bronza medali uchun bahsda pokistonlik SHax Husayn SHaxga qarshi tatamiga chiqadi. 

+100 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bekmurod Oltiboev ham yarim finalda to'xtatildi. Bekmurod bahraynlik Azamat CHotchaev, qirg'izistonlik Bekbolot Toktogonovni taslim etdi. Yarim finalda esa koreyalik Sang Min Kimga yutqazib qo'ydi. Endi u bronza medali uchun yana bir koreyalik dzyudochi Min Jong Kimga qarshi bahs olib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing