27 iyu 11:04
Yangiliklar
Yaxshi xabar! Frensis Ngannu oktagonga qaytishini elon qildi
Ngannu oyog'idagi jarrohlik amaliyotidan so'ng tiklanish jarayonini o'tkazyapti. U boks bo'yicha superog'ir vaznda amaldagi WBC chempioni Tayson Fyuri bilan boks qoidalari asosida jang o'tkazishi kerak edi. Ammo, kecha britaniyalik bokschi bu fikridan qaytgani va MMA yulduziga qarshi oktagonga chiqmasligini malum qildi.
"Tizzam joyida. Bu oson bo'lmadi, lekin biz buni uddaladik. Hozir fizioterapiya muolajalarini olyapman. Agar hammasi biz o'ylagandek davom etsa, shu yilning so'nggida oktagonga qaytaman. Dekabr yoki yanvar oyida kamarimni himoya qilaman", - dedi kamerunlik chempion TMZ kanaliga bergan intervyusida.
UFC promousheni kuz oylarida vaqtinchalik UFC kamari uchun Stipe Miochich va Jon Jons o'rtasida jang tashkil qilishni rejalashtirmoqda. G'olib esa "Vahshiy"ning keyingi raqibiga aylanadi.
Fikrlar