16 okt 18:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Yaxshi xabar: O'zbekistonlik MMAchi UFC 254 turnirining asosiy kardida jang qilishi mumkin
O'zbekistonlik MMAchi Liliya SHakirova 24 oktyabr kuni Abu-Dabida o'tkaziladigan UFC 254 turnirida oktagonga ko'tarilishi mumkin.
Malum bo'lishicha, ushbu turnirning asosiy kardida jang qiladigan Sintiya Kalvilyo koronavirusga chalingan. SHu sababli, Liliya SHakirova uning o'rniga Loren Myorfi bilan jang qilishi mumkin.
Hozircha ushbu xabar rasman tasdiqlanmadi. Lekin ijtimoiy tarmoqlar va xorijiy saytlarda ushbu jang uchun atalgan posterlar tarqalmoqda.
Malumot uchun, Liliya SHakirova GFC promousheni chempioni hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar