17 mar 15:17
Yangiliklar
Yaxshi xabar: SHahram G'iyosov WBA Regular kamari uchun jang qiladi - manba
Moboxingnoproblem nashrining malum qilishicha, G'iyosov 2 may kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena majmuasida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ishtirok etadi. Unga o'sha kuni meksikalik Raul Kuriel raqib bo'lishi kutilmoqda.
Ahamiyatlisi, jang yarim o'rta vazn toifasidagi WBA Regular kamari uchun o'tkaziladi. Bu qaror to'laqonli chempion Rolando Romeroning Devin Xeyni bilan jang qilish ortidan kelib chiqqan bo'lsa, ajab emas.
2 may kungi boks oqshomining asosiy jangi David Benavides va Xilberto Ramires o'rtasida kechadi.
Malumot uchun, SHahram G'iyosov ham, Raul Kuriel ham professional boksdagi faoliyati davomida hozirgacha 17 tadan jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozonishgan.

Fikrlar