02 jan 16:14
Yangiliklar
Sport kurashlari
Yaxshi xabar: Toshkentda PWL 11 turniri o'tkaziladi. Markaziy bahsda Razambek Jamalov Olimpiada chempioniga qarshi!
Professional kurash Ligasi - PWL 2026 yilgi musobaqalar taqvimini elon qildi.
Ahamiyatlisi, taqvimga ko'ra, PWL 11 turniri 27 mart kuni poytaxtimizda tashkil etiladi.
UWW_UZB nashrining xabar berishicha, turnir markaziy bahsi erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari g'olibi Razambek Jamalov hamda rossiyalik Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Zaurbek Sidakov o'rtasida kechadi. Sidakov Tokio Olimpiya o'yinlarining 1/4 finalida hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonovni mag'lubiyatga uchratgan edi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar