01 may 19:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Yaxshi yangilik: Murodjon Ahmadaliev - Naoya Inoue jangi bo'yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi
Bu haqda o'zbekistonlik charm-qo'lqop ustasi hamkorlik qiladigan Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn malum qildi.
Xirn Instagram sahifasiga joylagan postida "Nihoyat kelishuvga erishildi. Uzbek Power Monsterga qarshi. Diviziondagi eng yaxshi jang", deb yozdi.
The Ring nashrining malum qilishicha, chempionlik bellashuvi 14 sentyabr kuni Tokio shahrida o'tkazilishi kutilmoqda.
Malumot o'rnida, Inoue 4 may kuni Las-Vegasda amerikalik Ramon Kardenasga qarshi ringga ko'tariladi. SHu oyning o'zida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev ham ringga qaytishi kutilyapti.
Havola :
Manba : instagram.com/eddiehearn
Fikrlar