15 okt 07:53
Yangiliklar

Yilning so'nggi raqamli UFC turnirida yana bir sobiq chempion jang o'tkazadi + POSTER
Eng engil vazn toifasida promoushenning sobiq chempioni meksikalik Brendon Moreno 7 dekabr tongida AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC 323 turnirida yaponiyalik Tacuro Tayraga qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu jang rasman promoushen tomonidan elon qilindi.
Malumot uchun, 31 yoshli Brendon Moreno ikkita g'alabali seriya bilan kelmoqda. U Amir Albazi va Stiv Ercegni hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan. 25 yashar Tacuro Tayra esa avgust oyida koreyalik Yun Sun Parkni ikkinchi raundda mag'lub etgan edi. Undan avvalgi jangida esa hakamlarning ayri qarori bilan Brendon Royvalga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Bu uning faoliyatidagi ilk mag'lubiyat edi.
Taqqoslash uchun, ayni paytda Brendon Moreno divizion reytingida ikkinchi, Tacuro Tayra esa beshinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar