So’nggi yangiliklar

08:57Макаодаги UFC турнири иштирокчилари тарозига чиқди 0 08:36Иштирокчиларидан мухлислари машҳур бўлган Ўзбекистон чемпионати + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:15Расман! Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди + ФОТО 0 07:54Prezident Kubogi. Икки Нодирбек ғалаба билан бошлади. Қолган шахматчиларимизда қандай натижа? + ФОТО 0 07:33Қайта тайинланган вазир иштирокидаги йиғилишда устувор вазифалар белгилаб олинди 0 07:12Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг илк куни 4 та вазнда ғолиблар аниқланди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0 18:01Йўғе?! Жейк Пол акаси Логан билан жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:39"Кимгадир ёқар лола, ким атиргул шайдоси". Дунё юлдузлари қайси жамоаларга мухлислик қилади? 0 17:17UFC 309 турнирида жанг қилган юлдузлар қанча муддатга тиббий дисквалификация олгани маълум 0 16:54Пол Тайсон билан жангда 90 миллион ишлаб олгани ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди 0 16:25Катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг илк кунги саралаш баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:04Сан-Марино терма жамоаси ЖЧ-2026га йўл олиши мумкин. Қандай қилиб?! 0

24 jan 20:05
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

YODGA OLAMIZ: Xabib Nurmagomedovning debyut jangi qanday o'tgandi?

Xabibga qadar rossiyalik hech bir sportchi UFC’da chempion bo'lmagandi.

2012 yil 20 yanvarda Nurmagomedov o'zining uzoq kutilgan debyutini amalga oshirdi. U bu kunni ancha kutgan edi. Xabib Amerika promousheniga kirish istagi mavjud ekanligini yashirib o'tirmadi va birinchi jangi uchun yaxshi rezyume to'pladi, xususan ProFC chempioni bo'ldi. Ular dog'istonlik jangchini saqlab qolishni xohladi, lekin uning o'zi bunga qatiyan qarshi edi. «Ushbu taklifga qadar men promoushen rahbariyati bilan ancha keskin shaxsiy munosabatlarga ega edim va bu erda ham chempionlik jangini qabul qilishdan bosh tortdim. "Men UFC Bilan muzokaralar olib bormoqdaman. Biroq, ular bunga ishonmadilar hamda menga o'zga sayyoralikdek munosabatda bo'lishdi. Ustimdan kulishdi, ularning fikricha, UFC’da jang qilish men uchun imkonsiz. Sizning kamaringiz kerak emas. Bu jahondagi barcha kamarlarni to'plab bir chiziqqa qo'ying, men ular uchun hayotda jang qilmayman. Maqsadim UFC" deb ularga tushuntirishga harakat qildim», deya eslaydi Nurmagomedov. 


Raqib kim edi?

U Neshvillda dunyoning eng yaxshi ligasida jang qilishi kerak edi. 23 yoshli Xabib jangdan ikki hafta oldin AQSHga uchib ketdi. Uni raqib sifatida eronlik Kamol SHalorus kutib turgandi. 


Kamol bungacha UFC’da bitta jang o'tkazgan edi. SHalorus bu paytga kelib, 39 yoshni «urib qo'ygandi». U ham yaxshi kurashchi sanalardi, lekin ilk bahsida Jim Millerga imkoniyatni boy bergandi. SHunday bo'lsa ham eronlik o'ziga ishondi: «Qaerda jang bo'lsa, men o'sha erdaman. Uning g'alabali seriyasi yaxshi, janglarini o'rganib chiqdim. Xabib haqida internetda malumotlar ko'p ekan. 16-0 rekordi Evropa uchun yaxshi natija, biroq Amerikada jangchilar statistikasi muhim rol o'ynamaydi», degandi o'shanda Kamol SHalorus. 

Nurmagomedov uchun hammasi yangi edi. Rossiyalik sportchi bunday oktagonni avval ko'rmagani va jiddiy bosim ostida qolganini tan oldi. Buning ajablanarli joyi yo'q edi, chunki Xabib ko'p yillardan so'ng promoushenning rossiyalik birinchi jangchisiga aylangandi. «Men juda katta bosim ostida edim, hech qachon bunday oktagonda urushmaganman, mashq qilmaganman, hatto jonli efirlarda ham ko'rmaganman. Bungacha MDHda faqat gilamcha yoki ringda chiqish qilganman. Esimda, debyut jangimdan keyin uyga uchib kelganimda, otam menga: «Nima deb o'ylading, u erda senga oson bo'ladimi? Yoki ular seni u erda shuncha vaqtdan beri kutib o'tiribdi deb o'ylaganmiding. Sen ushbu liga bilan shartnoma imzolagan 600 nafar jangchidan birisan. Agar eng zo'ri bo'lishni istasang, mashq qil va sabrli bo'l», deb otam menga nasihat qilgandi», deya eslaydi qahramonimiz. 


Jang qanday o'tdi? 

Jang raqamsiz turnirning prelim kardi doirasida bo'lib o'tdi. Birinchi raund ancha tartibsiz o'tdi. Xabibning o'zi ham to'g'ri ritm va masofani topa omlaganini aytdi, biroq ommaning qo'llab-quvvatlaganini his qilgach, o'ziga kela boshladi. U o'zining o'ng apperkot zarbasini amalga oshirib, SHalorusni erga ag'anatdi. Ikkinchi davrada Nurmagomedov bosimni davom ettirdi va faol harakat qila boshladi. Jang parterga ko'chdi, biroq hakam dog'istonlikning passivligi sababli ularni tik holatga chaqirdi. Bu ham Xabibning o'sha paytda tajribasiz ekanliginining isboti edi. Ammo shunga qaramay, u Kamolni shu qadar charchatib qo'ygandiki, tanaffus paytida o'z burchagidan uch marta so'nggi raund yaqinlashyaptimi deb so'radi. Oxirgi besh daqiqada Nurmagomedov boshlagan ishini yakunladi va uchunchi raunda raqibini bo'g'ish usuli orqali taslim etib, UFC’dagi ilk g'alabasini tantana qildi. 


Keyin nima bo'ldi? 

Keyinchalik SHalorus UFC’da yana bir jang o'tkazdi. Rafael dos Anosga yutqazdi va promoushenni tark etdi. Xabibga qarshi jangdan so'ng u shunday dedi: «U yosh va juda tez. U urishni yaxshi ko'radi, lekin sizni ham yiqitishi mumkin. Xabib bugun yaxshiroq jang qildi».

Qahramonimiz o'zini liganing yangi yulduzi sifatida kuchaytira boshladi va taassurotlari bilan o'rtoqlashdi: «Bu erda bo'lish juda yoqdi. Men uch kun qoldim va yana uch yil qolmoqchiman. Rostini aytsam, biroz ehtiyotkor edim. Lekin hozir hammasi joyida va biz reja asosida davom etamiz. Dastlabki bir-ikki daqiqada o'zimga kelish qiyin bo'ldi, ammo keyin uni yiqitib, jangni to'liq nazoratga olib, erta yakunladim». 

Jang davomida Xabib yo'llagan apperkot zarbasi oldindan tayyorlangan edi. Bu haqda Abdulmanap Nurmagomedov ham, o'g'li ham gapirib o'tdi. SHu bilan birga, jangchi debyut uchrashuvida zarba texnikasi past darajada bo'lganini inkor etmaydi. 

Oradan yillar o'tib, Umar Nurmagomedovning UFC’dagi ilk g'alabasini sharhlar ekan, u o'zining g'alabasini esladi: «10 yil oldin UFC va MMA butunlay boshqacha darajada edi. O'shanda men raqibni tinchitish uchun kolxozcha mahoratim etarli edi». Birinchi jang uchun Nurmagomedov 16 ming dollar ishlab topdi. CHiqish uchun 8 ming dollar va g'alaba uchun ham xuddi shuncha summa ishlab topdi. Keyinroq u AQSHga o'z nomini yana yozib qo'yish uchun Gilbert Melendez, Frenki Edgar va Neyt Diaz bilan jang qilishni istayotganini aytdi.

Bu rossiyaliklar uchun 2002 yil yanvar oyidan beri UFC’dagi ilk g'alaba bo'ldi. Olti oy o'tgach, Xabib navbatdagi jangini o'tkazdi va unda ham zafar quchdi. Oradan 6 yil o'tgach esa chempionlikni qo'lga kiritdi. Undan keyin esa... Undan keyin nimalar bo'lganini juda yaxshi bilasiz!


Xorij saytlari asosida Habib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing