04 okt 08:57
Yangiliklar
Engil atletika
Yosh atletlar Toshkentda kuch sinashdi
Poytaxtimizda engil atletika bo'yicha U17 yosh toifasidagi atletlar o'rtasida musobaqa bo'lib o'tdi.
Unda mamlakatimizning turli hududidan kelgan ishtirokchilar g'oliblik uchun kuch sinashdi. 100, 110 va 400 metr masofaga to'siqlar osha yugurish musobaqasida Sofya Nikolaeva, SHodiyona Rahmonova hamda Zayniddin Ravshanov oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, 10 ming metr masofaga sportcha yurish bahslarida Bogdan Jadeev g'olib bo'ldi.
Uch hatlab sakrash bo'yicha qizlar o'rtasida Dilnura Obidova 11,39 metr natija qayd etib, shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy oldi. Yigitlar o'rtasidagi ushbu yo'nalishda Radmir Zaripov 13,84 metrga sakrab, barcha raqibidan o'zib ketdi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar