So’nggi yangiliklar

14:48Ёш гандболчиларимиз Жаҳон чемпионатига йўлланма олишди 0 14:25Разамбек Жамалов Арман Царукянни ғалаба билан табриклади (ФОТО) 0 13:58Суперлига охирги тур учрашувлари бошланиш вақти маълум 0 13:34Билол Муҳаммад Иан Гэрридан учралган мағлубияти ҳақида фикр билдирди 0 13:07Тошкентда Президент Олимпиадаси бошланмоқда 0 12:40Ислом бирдамлиги ўйинларида иштирок этган паралимпиячиларимиз Ватанга қайтишди 0 12:13"Олтин тўп" соҳиби майдонга қайтишга яқин 0 11:52Чимаев ва Гэрри кечаги UFC турниридан кейин юзага келган можарога изоҳ беришди 0 11:31Арман Царукян Илия Топурияни октагонга чорлади 0 11:10Белал Муҳаммадни мағлуб этган Йен Гарри Ислам Махачевга мактуб қолдирди 0 10:49Виталий Левченко Ўзбекистон чемпиони бўлган тўққизинчи хорижлик мураббий! 0 10:28Қатардаги UFC турнири бонус соҳиблари маълум 0 10:07Пойтахтимиз бокс бўйича йирик халқаро йиғинга мезбонлик қилмоқда (ВИДЕО) 0 09:46Падель тенниси 2026 йилги Осиё ўйинлари дастурига киритилди 0 09:25Максим Шацкихнинг янги жамоаси маълум 0

16 okt 20:28
Yangiliklar

Boks/MMA

Yosh bokschilarimiz Belarusdagi musobaqani 7 ta medal bilan tugatishdi

Teglar :  BoksBelarusMinsk
Belarus poytaxti Minsk shahrida boks bo'yicha SSSR chempioni V.V.Botvinnik xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir nihoyasiga etdi.

Bungacha O'zbekiston boks federaciyasining rasmiy sayti va ijtimoy tarmoqlardagi sahifalari orqali bokschilarimizning qayd etayotgan natijalari haqida xabar berib o'tgandik. Bugun musobaqa o'z nihoyasiga etdi. Hal qiluvchi final janglarida ikki nafar o'zbek bokschisi ishtirok etdi.

-49 kg vaznli Avazjon Yo'ldoshev belaruslik Vladislav Smolovskiga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Dilshod Abduvaliev (-52 kg) esa rossiyalik Evgeniy Jorovga 0:5 hisobida yutqazdi. 

Kecha o'tkazilgan janglar yakuniga ko'ra, besh nafar bokschimiz bronza medaliga ega chiqqandi. 

Musobaqa davomida medallar qo'lga kiritgan bokschilarimiz:

Kumush:

-49 kg: Avazjon Yo'ldoshev 

-52 kg: Dilshod Abduvaliev 


Bronza:

-49 kg: Ibrohim Ishjanov

-52 kg: Fayzullo Xudoyberdiev

-64 kg: Umid Qadamboev

-69 kg: Sirojiddin Xojakmetov

-75 kg Nurislom Ismoilov

Musobaqa yakunlariga ko'ra, +91 kg vaznli bokschimiz Jahongir Zokirov "Tomoshabinlar olqishi" mehri sovriniga loyiq topildi. Musobaqada ishtirok etgan hakamimiz SHerzod Ahmedovga esa "Obektiv va professional hakamlik" uchun maxsus diplom topshirildi.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing