19 fev 16:35
Yangiliklar

Yosh bokschilarimiz Komsomolskdagi ananaviy turnirda 9 ta medalga ega chiqishdi
Afg'on urushi qurbonlari xotirasiga bag'ishlangan musobaqada mezbon Rossiya bir necha tarkib bilan, shuningdek O'zbekiston, Belarus, Gruziya, hamda Tojikistondan yosh charm qo'lqop ustalari ishtirok etishdi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, bahslarda ishtirok etgan 9 nafar bokschimiz sovrindorlar qatoridan o'rin oldi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi:
Oltin:
-86 kg: Abdulaziz Abduraxmonov
Kumush:
-48 kg: Sobirjon Tastanov
-57 kg: Abdullox Madaminov
-54 kg: Samandar Olimov
-63,5 kg: Boburbek Bobojonov
Bronza:
-51 kg: Ilxom Ergashev
-71 kg: Samandar Raximjonov
-92 kg: Jamoliddin Kazokov
+92 kg: Ravshanjon Soliev
Murabbiylar: Nodir G'ulomov, Ulug'bek Zokirov. Jamshid Kamolov.
Fikrlar